O`zbekiston bo`ylab sayohat qil!

Yoshlar o`rtasida ichki turizmni rivojlantirish, yurtimiz tarixini o`rganish hamda darsdan so`ng talabalarning bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida Matematika fakulteti Algoritm va dasturlash texnologiyalari kafedrasi o`qituvchilari, Informatika va axborot texnologiyalari yo`nalishi guruh murabbiylari boshchiligida Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan Zangiota ziyoratgohiga tashrif uyushtirildi. 



Toshkent viloyatidagi XV asrga oid me`moriy yodgorlik hisoblangan Zangiota ziyoratgohi nafaqat respublikamizda, balki O`rta Osiyo mamlakatlari xalqlari orasida ma`lum va mashhurdir. 
Zangiota maqbarasini XIV asrning 80-yillarida Amir Temur  qurdirgani va XV asrning 20-yillarida Mirzo Ulug`bek homiyligida qo`shimcha qurilishlar hamda bezak ishlari bajarilgan. Majmua mustabid tuzum davrida esa omborxona, keyinchalik muzey vazifasini o`tagan.



Mustaqillikning ilk yillaridan boshlab tarixiy obidalar hamda ulug` ulamolar maqbaralarini qayta qurish va ziyoratga keluvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida atrof maydonlarni ham obodonlashtirishga keng e`tibor qaratib kelinmoqda. 



Bu majmua ham Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 20 oktyabrdagi 322-sonli qarori asosida Toshkent viloyatidagi Zangiota majmuasi va unga tutash hududlarda keng ko`lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borildi. 
Sayohat mazmunli va qiziqarli tarzda o`tdi. Kelgusida boshqa tarixiy qadamjolarga borish reja qilindi.

Allanazar Qutlimurotov,
Matematika fakulteti dekani

Asosiy korsatkichlar
1200 -
15500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari