"OzMU xabarlari" ilmiy jurnali

"OzMU xabarlari" ilmiy jurnali

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi O`zbekiston Milliy universiteti muassisligidagi O`zMU xabarlari ilmiy jurnali 1997 yildan buyon bir yilda to`rt marta 2014 yildan yiliga o`n marta chop etiladi. Jurnal belgilangan grafikka muvofiq Ijtimoiy-gumanitar fanlar yo`nalishi bo`yicha bir yilda 6 ta soni, aniq fanlar yo`nalishi bo`yicha bir yilda 2 marotaba, Tabiiy fanlar yo`nalishi bo`yicha bir yilda 2 marotaba chop etiladi. Shartli bosma tabog`i 38-40. Adadi 150-160 nusxani tashkil qiladi. Maqolalar o`zbek, rus, ingliz tillarida beriladi. O`zMU xabarlari jurnalining Nizomi O`zbekiston Milliy universiteti kengashida 2007 yil 5 fevralda qabul qilingan.

Jurnal 2014 yil 26 martda O`zbekiston Matbuot va Axborot agentligi tomonidan qayta ro`yxatdan o`tgan. Jurnal fizika-matematika, kimyo, geologiya-mineralogiya, qishloq xo`jaligi, tarix, falsafa, filologiya, geografiya, pedagogika, psixologiya, sotsiologiya fanlari fan doktori ilmiy darajasiga talabgorlarning dissertatsiya ishlari ilmiy natijalari yuzasidan ilmiy maqolalar e`lon qilinishi zarur bo`lgan barcha yo`nalishlar bo`yicha nashrlar ro`yxatiga kiritilgan. ISSN 2181-7324 raqamli xalqaro sertifikatini olgan. Ommaviy axborot vositasi davlat ro`yxatidan o`tkazilganligi to`g`risidagi guvohnomasi raqami 02-0071. Obuna indeksi 752074.

Jurnalda ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari, echimini kutayotgan masalalar aks etgan maqolalar, boshqa mamlakatlardagi fan va texnikaga oid yangiliklar, universitet va boshqa OTMlarda o`tkaziladigan konferentsiyalar va anjumanlar haqida axborotlar, ilmiy xabarlar chop etiladi. Maqolalarda fanning dolzarb muammolari, yutuq va yangiliklari hamda bugun hal etilishi zarur bo`lgan masalalar qamrab olinadi. 

Jurnal elektron manzili: http://uzmuxabarlari.nuu.uz

O`zMU xabarlari jurnali tahririyati:

Bosh muharrir A.R.Marahimov texnika fanlari doktori, professor.

Bosh muharrir o`rinbosari A.S.Torayev  kimyo fanlari doktori.

Mas`ul kotib K.Rixsiev.

Tahrir hay`ati a`zolari: 

Matematika yo`nalishi bo`yicha:

1.   akad. A.Sa`dullaev   rais

2.   prof. A.M.Kitmanov   Direktor Instituta matematiki Sibirskogo Federalnogo universiteta a`zo

3.   prof. E.X.Yakubov   Izrail, Universitet Xofman a`zo

4.   prof. Maykl Rushanskiy   Imperial kolledj, Velikobritaniya (London) a`zo

5.   prof. Ernst Mayer   Myunxenskiy universitet, Germaniya a`zo

6.   prof. Mitsuru Sugimoto   Universitet Nagoya, Yaponiya a`zo

8.   akad. Sh.O.Alimov   a`zo

9.   akad. Sh.A.Ayupov   a`zo

10.   akad. A.A`zamov    a`zo

11.   akad. Sh.K.Farmonov   a`zo

12.   prof. V.I.Chilin   a`zo

13.   prof. A.Aripov   a`zo

14.   prof. R.Dj.A`loev  a`zo

15.   prof. A.Axmedov   a`zo

16.   prof. R.Beshimov   a`zo

17.   prof. B.Omirov   a`zo

18.   prof. U.Rozikov   a`zo

19.   prof. A.Jalilov  a`zo

Fizika yo`nalishi bo`yicha:

1.   prof. Sh.Otajonov   rais

2.   prof. V.S.Gorelik   RFA Lebedev nomidagi Fizika instituti a`zo

3.   akad. M.M.Musoxonov   a`zo

4.   prof. A.A.Abdumalikov  a`zo

5.   prof. A.Xolmo`minov   a`zo

6.   prof. J.Yusupov   a`zo

7.   prof. A.Jumaboev   a`zo

8.   prof. Q.P.Abduraxmonov   a`zo

Asosiy korsatkichlar
899 -
6078 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
35 Talim yonalishlari