Sen dunyoni o`zgartirishing mumkin

Bugun O`zMUda Yaponiyaning mashhur yozuvchi va faylasufi Daysaku Ikedaning Sen dunyoni o`zgartirishing mumkin nomli kitobi taqdimoti bo`lib o`tdi.    
Taqdimotda Yaponiyaning favqulodda va muxtor elchisi  Nobuaki Ito boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi. Delegatsiya a`zolari ichida  SGI  buddaviylik tinchlikparvar  tashkilotining boshqaruvi raisi Xadzime Midzusima, tashkilotning rus bo`limi boshlig`i Sachie Michiguchi, Ceiko Snimbun gazetasi bosh muxarriri Kavasaki Ito janoblari ham mehmon bo`lishdi.  

                           

Davra suhbatida shuningdek, kitobning tarjimoni, akademik Tursunali Qo`ziev, o`zbek xalqining taniqli yozuvchisi, kinostsenarist, Tafakkur jurnalining bosh muharriri  Erkin A`zam ishtirok etdi.   Davra suhbatini O`zMU rektori ,    professor Avazxon Maraximov ochdi. U o`zbek va yapon xalqlarini bog`lab turgan mustaxkam do`stlik rishtalari zamirida yotgan munosabatlarga to`xtalib o`tdi:   
Davra suhbatini O`zMU rektori ,    professor Avazxon Maraximov ochdi. U o`zbek va yapon xalqlarini bog`lab turgan mustaxkam do`stlik rishtalari zamirida yotgan munosabatlarga to`xtalib o`tdi:   
O`zbek va yapon xalqi xarakteridagi o`xshash jixatlar,qadriyatlarga bo`lgan hurmat,    mexnatsevarlik,    jonkuyarlik fazilatlari xaqida ko`p gapirish mumkin.    Biz uchun bu kitobni chop etish va xar bir yosh avlodimizning qo`liga etkazish dunyodagi tinchlikni asrashga qo`shadigan kichik bir hissamiz, deb bilaman. Bu kitobni dunyo evrilishlarida o`zlikni yo`qotmasdan , INSON degan sharafli nomga munosib bo`lish, mehr-oqibat, insoniylik fazilatlarini yoshlarning ongu-shuuriga jo qilish uchun chaqiriq deyish mumkin. Men fursatdan foydalanib kitob muallifi bilan birga uning tarjimoniga ham o`z minnatdorchiligimni bildiraman. 

                           

Har bir asar mohiyatida inson qadr qimmati va u haqidagi  hikoya yotsa, u  o`quvchi yuragiga etib boradi, degan fikrdaman. Bu asar kuchli uchtalik- buyuk va kuchli ijodkorlarning ijod mahsuli ekanligini ham ta`kidlamoqchiman. Asar  dunyoning  sakkiz tiliga tarjima qilingan. O`zbek tilidagi tarjima to`qqizinchisi.Tarjimon Tursunali Quziev uning umrini uzaytirgan bo`lsa, juda nafis va ko`ngilga shijoat, jo`shqinlik umid berguvchi nom, ta`bir joiz bo`lsa aytish mumkinki, asarga o`zbekona ism berib, asl o`quvchisi yuragiga yo`l topgan yozuvchi Erkin A`zamdir. 

Tadbir davomida O`zMU olimlari yapon va o`zbek xalqi o`rtasidagi do`stona munosabatlar nafaqat ijodda balki ilmda xam bo`layotgani ta`kidlashdi. Kitob O`zMUning Universitet nashriyotida chop etilgan.   
Kiprikdagi yoshdek qalqib turgan bu dunyoda tinchlikka bong urish uchun elkama-  elka  turishga zabardast bo`lish orqasida qalbi , mehri,insoniyligi bor, o`zligini tanigan, sharqu-g`arb tengligi uchun kurasha oladigan, hayotni mohiyatiga etadigan,dunyoni tanigan 

                            

Dunyo insonini beradigan xalq bo`lish kerak.    Xalqkim, har bir farzandi fikrlaydigan, vatanini jondek sevguvchi ! Sevish uchun yurak, fikrlash uchun esa Sen dunyoni o`zgartirishing mumkin dek kitoblar kerak.Samimiy ruh, sharqona latif muhitda o`tgan bu tadbird elchi janoblari, ijodkorlar, professor-o`qituvchi va talabalar asar haqidagi fikr-mulohazalari bilan o`rtoqlashdilar.                    
                                                                                                                                             
                                                                                                                                                     O`zMU matbuot xizmati

Asosiy korsatkichlar
899 -
6078 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
35 Talim yonalishlari