VATAN HIMOYASIGA BARCHAMIZ MAS`ULMIZ


        Tadbirni universitet Yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektor Najmiddin Qodirov kirish so`zi bilan ochib, Vatan, ona-yurt, mustaqillik tushunchalari naqadar  keng va oliy tushuncha ekanligini ta`kidladi. Albatta, mustaqillik uchun qanchadan qancha yurtdoshlarimizning qoni to`kilgan, minglab bolalar etim qolgan.  Ana shunday mard, jasur yurtdoshlarimizning qahramonlik-lari tufayli bugun biz, mana shunday tinch, osuda hayot kechirmoqdamiz. Bugungi Vatan himoyasiga barchamiz mas`ulmiz mavzusidagi tadbirda ana shunday mard insonlar qatorida vatanimiz tinchligi uchun o`z hayotini xatarga qo`yishdan qo`rqmaydigan, turli terroristik xujumlarni bartaraf etishda qahramonlik ko`rsatgan nuroniy otaxonlarimiz, onahonlarimiz hamda yosh ofitserlarimiz qatnashmoqda. Bugun, ularning vatan oldidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib rag`batlantirilmoqda qolaversa, bugun ular bilan barchamiz faxrlanamiz deb, so`z navbatini O`zbekiston qurolli mojarolar va antiterroristik kurash nogiron va faxriylarining VATAN xayriya jamoat Fondi raisining birinchi o`rinbosari Bo`ritosh Shodievaga berdi.
 O`zbekiston qurolli mojarolar va antiterroristik kurash nogiron va faxriylarining Vatan xayriya jamoat Fondi raisining birinchi o`rinbosari Bo`ritosh Shodieva tadbirga tashrif buyurgan faxriy mehmonlarni talaba yoshlarga yana bir bor tanishtirar ekan, bugun mana shunday tinch, jannatmakon yurtda yashayotganligiga yaratganga  shukronalar aytib, Vatanimiz tinchligini asrash uchun barchamiz mas`ul ekanligimizni ta`kidlab o`tdi. So`ng tadbirda qatnashayotgan faxriy mehmon-larni tadbir ishtirokchilariga tanishtirdi.
Tadbir davomida halqaro muhandislik akademiyasi akade-migi, texnika fanlari doktori Muborak Teshaboeva fashistlarga qarshi kechgan 2-jahon urushidagi ishtiroki va boshidan kechirgan qiyinchiliklari, Vatan uchun jon fido qilgan minglab yurtdosh-larimiz haqida talaba-yoshlarga faxr bilan aytib, bugungi tinchligimiz, mutaqilligimiz o`z-o`zidan bo`lmaganligi, buning uchun ko`plab vatandoshlarimiz hayotlarini tikkanliklari va bunday tinchlikni qadriga etish kerakligini ta`kidladi.O`zbekiston faxriylarning ijtimoiy qo`llab-quvvatlash  Nuroniy jamg`armasidan Xayriniso Mirzaeva ham o`zlarining hayotiy tajribalari bilan o`rtoqlashib, bugungi kundagi yoshlarga yaratib berilayotgan juda katta imkoniyat-larni alohida e`tirof etdi va mana shunday sharoitlardan unumli foydalanib vatanimiz ravnaqiga o`z hissalarini qo`shish lozimligini ta`kidladi. Shuningdek, tadbirda Mudofaa vazirligidan Akmalxon Shergaziev, yoshlar bilan ishlash bo`yicha mutahassis Urinboy Aslanovlar mustaqillik yillarida tinchligimizga xavf solayotgan turli ko`rinishdagi xatarlar, terroristik hujumlarlarning har qanday ko`rinishlarini bartaraf etishda bevosita ishtirok etganligini g`urur bilan talabalarga aytib berar ekan,  har birimiz Vatan himoyasi uchun doimo tayyor turish lozimligini ta`kidladi.


Tadbirda Oliy Majlis deputati Akbar Umaraliev hamda ichki ishlar vazirligidan Aziz Fayzievlar O`zbekiston Respublikasida Harbiy Doktrinasi to`g`risidagi gi qonun va uning mazmun mohiyati bilan talaba-yoshlarni tanishtirib o`tdi. 
 Tadbir davomida O`zbekiston HDP faxriy klubi raisi, iqtisod fanlari doktori, professor Sharbathon Abdullaeva hamda HDPning madaniy-ma`rifiy ishlar bo`yicha rais o`rinbosari Akmalxon Tursunboevlar partiyaning o`z oldiga qo`ygan maqsad va vazifalari bilan yana bir bor tanishtirib, eng oliy maqsadlardan biri Vatan tinchligi uchun yuksak mas`uliyat va mana shu tinch yurtda vatandoshlarimizning farovon hayot kechirishlarini ta`minlash-dir deb ta`kidlab o`tishdi. Shu bilan birgalikda talaba- yoshlarni mana shu maqsad yo`lida yanada faol bo`lishga chaqirdilar.
Tadbirda talabalar o`zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi. Tadbir so`nggida O`zbekiston fahriylarning ijtimoiy qo`llab-quvvatlash Nuroniy jamg`armasi a`zolari shoira  Gulchehra Karimova hamda O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Maqsadxon Yunusovalar o`zlarining vatanparlik ruhidagi she`r va qo`shiqlari bilan tadbirga yig`ilganlarga ko`tarinki kayfiyat ulashishdi.
         So`ng barcha uchrashuv ishtirokchilariga minnatdorchilik bildirilib, kelgusida bunday uchrashuvlarni doimiy tashkil etishga kelishib olindi.


Asosiy korsatkichlar
1200 -
10500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari