Xorijiy abiturientlar uchun

Xorijiy abiturientlar uchun



O`qish jarayoni

O`zMUda o`quv yili joriy yilning sentyabr oyidan boshlanib kelasi yilning iyun oyigacha davom etadi (02.09-30.06). O`quv jarayoni davomiyligi qaysi bosqichda tahsil olininshiga ko`ra turlicha bo`ladi. Bakalavriatura bosqichi - 4 yil, Magistratura bosqichi 2 yil, Doktorantura bosqichi 3 yoki 4 yil davom etadi (bu bosqichda yo`nalishdan kelib chiqib o`quv jarayoni davomiyligi belgilanadi).

Qo`shimcha ma`lumotlar uchun, iltimos universitetning Xalqaro hamkorlik bo`limiga murojaat qiling (e-mail: foreign@nuu.uz, foreignnuuz@gmail.com; tel.: +99871 2466358).
O`zMUda tahsil olish xorijiy fuqarolar uchun rus va o`zbek tillarida amalga oshiriladi, shu sababli nomzodlardan rus tilidan mukammal bilim darajasi talab qilinadi.

O`qishga kirish

O`zMU O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-sonli Qaroriga muvofiq va shu Qarorga asoslangan me`yoriy xujjatlar asosida chet el fuqarolarini suhbat asosida test sinovlarisiz o`qishga kabul kiladi.

Chet el fuqarolari universitetning Xalqaro alokalar bo`limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
 
  • O`zMUda o`qish uchun ariza;
  • tashqarida erishilgan har qanday diplom sertifikatlari va baholar qaydnomasini ham topshiringizni so`raladi:
  • Bakalavriatura bosqichiga: o`rta yoki o`rta maxsus ta`limi diplomi/shaxodatnomasi (sertifikat)
  • Magistratura bosqichiga: Bakalavr diplomi yoki ushbu darajaga tenglashtirilgan xujjat
  • Doktorantura bosqichiga (PhD, DSc): Magistrlik diplomi
  • O`zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida erishilgan har qanday diplomlar (baholar qaydnomasi bilan birga) rus yoki o`zbek tiliga tegishli notarial idoradan tarjima qilinishi hamda tasdiqlanishi lozim;
  • Skaner shaklidagi fuqarolik pasporti yoki O`zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qilish xuquqini beruvchi pasport.

Turar joy uchun ro`yhatdan o`tish hamda viza olish jarayoni

Xorijiy fuqarolarga viza rasmiylashtirish, viza taklifnomalarini tayyorlash hamda turar joy uchun vaqtinchalik ro`yhatdan o`tkazish oliy ta`lim muassasalarining O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi bilan o`zaro kelishuvi asosida O`zbekiston Respublikasinig Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etilgan holda amalga oshiriladi. Xorijiy fuqarolar uchun vizalar nomzodning o`z davlatida joylashgan O`zbekiston Respublikasining elchixonasi yoki konsullik idorasi tomonidan yoki Toshkentdagi xalqaro aeroportda ham taqdim qilinishi mumkin.



Qabul komissiyasi
Asosiy korsatkichlar
1200 -
10500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari