O'zMU » Ma'lumotlar » Biz haqimizda

Biz haqimizda 

 Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universitetida fan va madaniyat sohasida xalqaro aloqalarni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilgan.

Universitetda xalqaro faoliyatni boshqarish bo’yicha “Xalqaro aloqalar kengashi” tashkil etilgan.

Bugungi kunda Xalqaro aloqalar kengashi faoliyati Maraximov Avazjon Raximovich rahbarligida amalga oshirilmoqda.

Xalqaro aloqalar bo’yicha prorektor Raxmonov Rasul Ne’matovich Xalqaro aloqalar bo’limini boshqaruvini nazorat qiladi.

Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i Saxibjonov Muzaffar Salijanovich

XAB faoliyatining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:

·  Horijiy mamlakatlar o’quv yurtlari, ilm-fan markazlari, halqaro tashkilotlari bilan hamkorlik;

· Horijiy fuqarolarni o’qishga qabul qilish;

· Xalqaro anjumanlar (uchrashuvlar, seminarlar, konferensiyalar, simpoziumlar, yubiley sanalari) o’tkazish;

· Xalqaro ta’lim markazlarini ochish va faollashtirish;

· Xalqaro dasturlarda ishirok etish (loyihalar, grantlar, stipendiyalar);

· O’zMU vakillarini turli yo’nalishlar bo’yicha horijga malaka oshirish, umumiy ta’lim tizimi, ustuvor yo’nalishlar bo’yicha zamonaviy ilm-fan yutuqlari bilan tanishish maqsadida safarlarga yuborish.