O'zMU » Ma'lumotlar » Matematika fakulteti haqida

 Mirzo Ulug‘bek nomidagi О‘zbekiston Milliy universitetining Matematika fakultetiga 1918 yilda asos solingan bо‘lib, universitetdagi eng yuqori ilmiy salohiyatga ega fakultetlardan biri hisoblanadi. Fakultetning bunday mavqega erishishi hamda ilmiy maktablarning yaratilishida V.I.Romanovskiy, T.A.Sarimsoqov, S.X.Sirojiddinov, M.T.О‘rozboyev, M.S.Salohiddinov, T.J.Jо‘rayev, SH.A.Alimov, A.S.Sadullayev va SH.A.Ayupov kabi olimlarning xizmatlari alohida о‘rin egallaydi. 

1959 yilda fizika-matematika fakulteti asosida ikki fakultet: fizika hamda mexanika-matematika fakultetlari tashkil topgan. Mexanika-matematika fakultetining birinchi dekani dotsent M.M.Sultonova hisoblanadi. 1971 yilda mexanika-matematika fakulteti negizida ikki fakultet – matematika hamda tadbiqiy matematika va mexanika fakultetlari tashkil qilingan. 1994 yilda matematika hamda amaliy matematika va mexanika fakultetlarining qо‘shilishi munosabati bilan fakultet yana mexanika-matematika fakulteti deb yuritila boshlagan. 

Hozirda fakultetimiz О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 11 maydagi “О‘zbekiston Milliy universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” gi PQ-2527-sonli qaroriga asosan Matematika fakulteti deb nomlandi.

Hozirgi kunda Matematika fakultetida «Matematika», «Mexanika», «Amaliy matematika va informatika», «Informatika va axborot texnologiyalari», «Axborot xavfsizligi» va «Axborot tizimlarining matematik va dasturiy ta’minoti» yо‘nalishlari bо‘yicha bakalavrlar tayyorlanmoqda. 

Bakalavriaturada о‘qish muddati – 4 yil. Mashg‘ulotlar о‘zbek va rus tillarida olib boriladi. Har yili bakalavriatning 1-kursiga 250 ga yaqin talabalar о‘qishga qabul qilinadi. Hozirgi kunda barcha yо‘nalishlarda 1000 dan ortiq talabalar tahsil olmoqdalar. 

Fakultetda 4 nafar akademik, 30 nafardan ortiq fan doktori va 50 nafardan ortiq fan nomzodlari talabalarga bilim berib kelmoqdalar.

Darslar ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalangan holda, rivojlangan xorijiy mamlakatlar universitetlari standartlariga mos keluvchi dasturlar asosida olib boriladi. 

Fakultetimiz talabalari Matematika fanidan Respublika va xalqaro olimpiadalarda doim yuqori о‘rinlarni egallab kelishgan. Jumladan, Respublika miqyosida о‘tkazilgan olimpiadalarda 2010-2013 yillarda Pirnapasov Abror sovrinli о‘rinlarni egallagan bо‘lsa, Xursanov Shohrux 2014 yili 2-о‘rin, 2015 yili esa Egamberdiyev Hakimboy 1-о‘rinlarni egallashgan. Bulardan tashqari talabalarimiz “Qori-Niyoziy merosi” ilmiy markazida о‘tkaziladigan olimpiadalarda yuqori о‘rinlarni olib kelishmoqda. 

Fakultet talabalarining xalqaro olimpiadalardagi sо‘nggi yutuqlariga tо‘xtaladigan bо‘lsak, 2015 yili Bolgariyada bо‘lib о‘tgan olimpiadada Egamberganov Hakimboy oltin medal, Qurbonboyev Behzod esa kumush medallarni qо‘lga kiritdilar. 2016-yili Kiprda talabalar о‘rtasida bо‘lib о‘tgan Xalqaro olimpiadada Egamberganov Hakimboy oltin medal, Ibragimov Shohruh esa kumush medallarni qо‘lga kiritdilar. 2017 yil Bolgariyada 31 iyul - 6 avgust kunlari 24-xalqaro matematika olimpiadasi о‘tkazildi. Unda fakultetimiz talabalari Hakimboy Egamberganov va Shohruh Ibragimovlar ikkita oltin medalni qо‘lga kiritdilar. 

Shuningdek, fakultet talabalaridan Murodov Sherzod, Turdibayev Rustam, Abdullayev Dilshod, Pirnapasov Abrorlar - О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat Stipendiyasi sovrindorlari va bir qator talabalarimiz Beruniy va Mirzo Ulug‘bek nomidagi Davlat stipendiyalari sovrindorlari hisoblanadi.

Fakultetda fizika-matematika fanlari doktori ilmiy darajasini berivchi Ilmiy kengash faoliyat olib boradi.

Fakultetda matematikaning klassik-fundamental hamda zamonaviy yutuqlarini aks ettiruvchi ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistika, differensial tenglamalar, algebra va funksional analiz, matematik analiz, geometriya va topologiya, differensial operatorlarning spektral nazariyasi, boshqaruv nazariyasi va differensial о‘yinlar, mexanika kabi ilmiy maktablar faoliyat yuritadi.

Bugungi kunda fakultetimiz bir qator xorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy-tekshirish institutlari bilan hamkorlikda faoliyat olib bormoqda. Shu jumladan, Yevropaning Kembridj universiteti, Isaak Nyuton instituti, Stokgolm universiteti, Kardiff universiteti, Bonn universiteti, Seviliya universiteti, Ausburg universitetlari, AQShning Texas Universiteti, Malayziyaning Putra universiteti, Matematika va Informatsion texnologiyalar instituti, Avstraliyaning Sidney universiteti kabi qator universitetlar bilan hamkorlik ishlarini olib borilmoqda. 

Yuqorida sanab о‘tilgan universitetlarga talabalar о‘z bilimlarini oshirishlari uchun о‘qishga yuboriladilar, magistrantlarimiz esa ilmiy izlanishlarini xorijiy ilmiy markazlar va ilmiy tekshirish institutlarida olib borish imkoniyatlariga egalar.

Matematika fakulteti bitiruvchilari kelajakda oliy va о‘rta maxsus ta’lim muassasalarida, ilmiy-tekshirish institutlarida, moliya, bank hamda statistika tashkilotlarida, axborot resurs markazlari mavjud bо‘lgan barcha korxona va tashkilotlarda о‘z faoliyatlarini olib borishlari mumkin.

Fakultetda tahsil olgan talabalardan 21 nafar akademiklar 100 dan ortiq  fan doktori va professorlar yetishib chiqqan bо‘lib, ulardan hozirgi kunda professor B.A.Shoimqulov Qarshi davlat universiteti rektori, dotsent E.Saydamatov Moskva Davlat universitetining Toshkentdagi filiali direktori, B.Zakirov Guliston Davlat universiteti rektori hamda professor A.R.Maraximov Universitetimiz rektori lavozimlarini egallab kelmoqdalar. Bundan tashqari, fakultetimiz bitiruvchilaridan Zafar Xoshimov “Korzinka.uz” firmasi rahbari, Rustam Qosimjonov esa shaxmat bо‘yicha jahon chempioni hisoblanadi.

Fakultetda 9 ta kafedra 10 ta resurs markazlari hamda axborot resurs markazi faoliyat kо‘rsatib kelmoqda. Barcha kafedralarda magistratura bosqichlari va tayanch doktorantura (PhD) institutlari faoliyat olib boradi. 

Fakultetda 45 dan ortiq о‘quv va 2 ta lingafon xonalari mavjud bо‘lib, ularning umumiy maydoni 2420 m2 ni tashkil etadi.

FAKULTETDA FAOLIYAT KO‘RSATAYOTGAN KAFEDRALAR:

  • Matematik analiz;
  • Algebra va funksional analiz;
  • Geometriya va topologiya;
  • Differensial tenglamalar va matematik fizika;
  • Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika;
  • Mexanikaning nazariy asoslari;
  • Amaliy matematika va kompyuter tahlili;
  • Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari;
  • Matematik modellashtirish va kriptoanaliz.

 

 

Fakultetda Quyidagi  YО‘NALISHLAR  VA  mutaxassisliklar mavjud

 

BAKALAVRIATURA

 

  • 5130100-Matematika
  • 5130200-Amaliy matematika va informatika
  • 5140300-Mexanika
  • 5330100-Axborot tizimlarining matematik va dasturiy ta’minoti 
  • 5330200-Informatika va axborot texnologiyalari (tarmoqlar bо‘yicha)
  • 5330300-Axborot xavfsizligi (tarmoqlar bо‘yicha)

 

MAGISTRATURA

 

  • 5A130101-Matematika (yо‘nalishlar bо‘yicha);
  • 5A130102-Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika; 
  • 5A130103-Differensial tenglamalar va matematik fizika;
  • 5A130202-Amaliy matematika va axborot texnologiyalari;
  • 5A140301-Nazariy mexanika; 
  • 5A330201-Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti (tarmoqlar bо‘yicha); 
  • 5A330301-Kriptografiya va kriptoanaliz; 
  • 5A330302-Axborot xavfsizligi;

 

   Matematika fakulteti dekani

Jabborov Nasridin Mirzoodilovich

elektron pochta: math@nuu.uz

tel: 246-02-30

 

Matematika fakulteti o’quv ishlari bo’yicha 

dekan o’rinbosari

Aslonov Jasurbek Orziyevich

elektron pochta: math@nuu.uz

tel: 246-96-71

Matematika fakulteti o’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari

Nurmuhamedova Nargiza Saydillayevna

elektron pochta: math@nuu.uz

tel: 246-96-71

Matematika fakulteti dekan ilmiy  ishlari bo’yicha o’rinbosari

Raxmonov Zafar

elektron pochta: math@nuu.uz

 tel: 246-02-30

Matematika fakulteti ma’naviyat ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari 

Djamirzayev Abdugafur 

elektron pochta: math@nuu.uz

tel: 246-02-30

 

    

 Fakultet saytiga o'tish

 

2015-2016-yil talabalar  stipendiyasi miqdori

 

2015-2016-yil talabaning 1 yillik o'qitish miqdori